Podsho Afandiga bir eshakni mulla qilib berasan, deb topshirdi. Afandi o‘n yil muddat bilan xizmat haqiga ming tilla so‘radi. Podsho Afandining taklifiga ko‘ndi va shunday shart qo‘ydi:
— Aytgan muhlatingda eshakni mulla qilib bermasang boshingni olaman! Afandi ham shartga rozi bo‘ldi va ming tilla bilan eshakni olib uyiga jo‘nadi. Afandi voqeani xotiniga aytib bergan edi, u juda qo‘rkib ketdi.
— Voy, sho‘rim qursin, eshak ham mulla bo‘ladimi?
— Ey, xotin! — taskin bera boshladi, Afandi,— nimaga qo‘rqasan, o‘n yilgacha kim boru kim yo‘q, yo Podsho o‘ladi, yo eshak.