Afandi zamonning zayli bilan boshqa bir shaharga borib qoldi. U bozorni tomosha qilib yurgan edi, holvapurushning do‘konida turgan har xil holvalarga ko‘zi tushib qoldi. Afandining og‘zidan suvi keldi-da, holvalardan olib, yeyaverdi.
Buni ko‘rgan holvapurush qo‘liga kaltak olib, uni savalay boshladi.
Afandi tayoqning zarbini pisand qilmasdan, holvani to‘yguncha yedi, keyin:
— Bu shahar xo‘p ajib shahar ekanu, holvapurushlari odamni urib holva yedirgani yomon ekan, - deb keta berdi.