Yaqin do‘stlar choyxonada o‘tirishsa, bitta yigitni kayfi oshib qolibdi. O‘rtoqlari ustidan kulmoqchi bo‘lib, unga savol bera boshlashibdi:
— Eshikni qulfladingmi?
— Ha, - debdi yigit.
— Kalitni ikki martta aylantirdingmi?
— Ha, ikki martta, - deb yana javob beribdi.
— Kalitni oldingmi?
— Mana, cho‘ntagimga soldim...
— Bo‘ldi, unga boshqa quymanglar! Supada o‘tiribmiz-ku! Eshikni qulflaganmush...!!! – deb kulib yuborishibdi.