Afandi kompartiya a’zosi bo‘libdi. Xotini so‘rabdi:
— Dadasi, men unchalik tushunmadim. Partiya a’zosi bo‘lib nima ish bilan shug‘ullanasiz?
— Agitatsiya va propaganda ishlari bilan-da!
— A, nima u? - tushunmay so‘radi xotini.
— Hmm, qanday tushuntirsam ekan... Faraz qil, ko‘chada bir chiroyli ayol ketyapti. Men borib, unga men bilan birga yurishga da’vat qilsam — bu agitatsiya, agar u ko‘nib, menga ergashsa — bu propaganda bo‘ladi. Tushundingmi?
— Sal tushunmagan joyim bor... Agar men ko‘chada ketayotsam, biror notanish erkak kelib, men bilan agitatsiya va propaganda ishlari olib bormoqchi bo‘lsa, men nima qilaman?, - deb so‘rabdi xotini.
Shunda Afandining achchig‘i kelib:
— Sen yaxshisi siyosatga aralashma, xotin!, - deb javob qilibdi....