Ayollar haqida latifalar
— To‘ydan keyin, men sizga haligacha hech kim mendan bo‘sa olmagan joyni ko‘rsataman.
Kuyov:
— Qayerda ekan u joy?
Kelin:
— Bu Gavai orollarida!
— Qayerda edingiz?
— A, sinfdoshlar bilan uchrashdim...
— Uch kun-a?! Nimalarni esladingizlar?
— Qayerda yashashimni...
Er:
— Seni nuqul pul havotirga soladi!
Xotin:
— Pul havotirga solmaydi, tinchlantiradi!
— Dadasi rosa ichibsiz-a?
— Hechamda, bir gramm ham ichmadim.
— Byekorlarni aytibsiz, rosa ichgansiz!
— O‘lay agar ichmadim!
— Qani unda "Qishda kishmish pishmasmish, kishmish pishsa qishmasmish" dengchi!
— Qishda pishmish qishmasmish, pishmish qishsa pishmasmish... E bor-e, rosa bo‘kib ichdim.
— Kechirasiz, chiqishda sizni oyog‘ingizni bosib olganmidim?
— Ha!
— Bizni joyimiz shu qatorda ekan, o‘tib ketsak maylimi?
Xotinini jahli chiqib:
— Agar yana bir martta qarg‘ani "qag‘illashiga", — "Eshitaman, azizam" desangiz, mendan yaxshilik kutmang debdi.
Xotini hayron bo‘lib:
— Dadasi bu mushuk buncha qo‘lingizni yalamasa, desa
— Nimaga bo‘lardi sichqonchani hidi kelib qolgandirda, dermish..
— Azizam meni quyoshim bo‘lishni istaysanmi?
— Ha albatta!
— Unda mendan 150 million kilometr uzoqda yur.
— Nima sababdan? Qani tushuntiring?!
— Erim vannaga suv to‘ldirvolib qarmoqda baliq ovlayabdi!
— Shartta qo‘lidan qarmoqni olib qo‘ying!
— Hooo, meni ham baliq yegim kelyabdida!
— Xotin, narsalaringni yig‘ishtir, men bir million dollar yutib oldim!
Xotini ham xursand bo‘lib shoshib qolibdi:
— Qayerga boramiz? Yozgi kiyimlarimni olaymi yoki qishkilarinimi?
— Hamma narsalaringni yig‘ishtir, - dedim senga. Yig‘ishtir va ko‘zimdan yo‘qol.