Ayollar haqida latifalar

Bir kishini og‘zidan badbo‘y hid kelarkan shunga hech kim unga tegmas ekan.
Mahalla raisiga borib:
— Meni uylantirib qo‘ymasangiz men hokimyatga ustingizdan arz qilaman, - debdi.
Oqsoqol boshqa oqsoqollar bilan gaplashib hidni bilmaydigan bir xotin topib, uylab qo‘yibdi.
Oradan 1 hafta o‘tib boyagi xotin Raisni oldiga kelibdi:
— Men u bilan yashamayman, - degan ekan
— Nimaga? - deb so‘rabdi oqsoqol
— Yonida yotsam ko‘zim achishib ketyapti, - debdi.

— Guli, sen semizmisan, ozg‘inmi?
— Ozg‘inmay albatta!
— To‘g‘ri. Ilonlarni semizi bo‘lmaydi-ku!
— Ho! Semizman deganimda nima derding unda?
— Ilonlarni semizi ham bo‘lar ekanmi derdim.

— O‘g‘lim, maktabda baholaring nechi bo‘lyapti?
— Oyijon, muhimi sog‘-salomat yuribman-ku!
Bolakay uyda xafa bo‘lib o‘tirsa, oyisi so‘rabdi:
— Nega xafasan o‘g‘lim:
— Karantin menga juda qimmatga tushdi. Qancha sof foydadan qolib ketganimni bilsangiz edi...! - debdi bolakay.
Onasi:
— Qanaqa foyda? - so‘rabdi onasi hayron bo‘lib.
— Bilasizmi oyi, shu kunlarda ramazon aytib qancha pul topardim, - dermish bolakay.
Xotin eriga:
— Bo‘ldi, men ketyapman.
Er:
— O‘zi anchadan beri qovoq-tumshuq qilib yurganingni sezgandim. Qayoqqa ketasan? Onangni uyiga borasanmi yana?
Xotin:
— Adasi, nimalar deyapsiz? Do‘konga ketyapman...
Er:
— Ha, shunaqami!? Qaytishingda menga ham biror narsa olib kelarsan...!
70 ga kirgan ammamga telefon qildim:
— Tashqariga chiqmang-a amma!
— Yo‘q, chiqmayapman.
— Nima qilyapsiz?
— O‘tiribmiz, qo‘shnilar o‘zlari kirishdi. Zumrad xolang, Holida xolang bor yana 3-4 tasi gaplashib o‘tiribmiz.
— E, amma kasal yuqadi. To‘planish kerakmas. Nimaga unaqa qilasizlar amma?
— Havotir olma jiyan. Bitta maska olvoganmiz. Kim gapirsa, o‘sha taqib gapiryapti.
— Xotin, raqsga tushma!
— Nega dadasi?
— Nima qilyapsan? Senga gapiryapman! Qo‘llaringni tushir!
— Zo‘r musiqa ekan dadasi...
— Rulni ushla! Qayoqqa haydayapsan?!
Bir ayol Feysbukida "Erim - mening vatanimdir" degan yozuvni barcha bilan bo‘lishibdi.
Do‘stlari ichida barcha ayollardan "Vatan - barchamizniki!" degan izoh qoldirishibdi.
Fakt:
Judayam uyatchan qizlar uyalganidan ko‘ylaklarini etagi bilan yuzlarini berkitmoqdalar.
Qizlar! Agar sizlarga chekmaydigan, ichmaydigan, qizlar bilan yurmaydigan yigit kerak bo‘lsa, Sitro qopqoqlaridan yigit rasmini yig‘ing!