Ayollar haqida latifalar

Bir kuni er-xotin gaplashib o‘tirib eri debdi:
— Xotin sen erkak bo‘lganingda nima qilar eding?
Xotini:
— O‘zingiz-chi? - dermish.
Ishxonada birga ishlaydigan juvon erining suyuqoyoqligidan nolib gapirib, u bilan ajrashmoqchi bo‘layotganini aytgan ekan, dadam uni fikridan qaytarishga urinibdi:
— O‘ynash degani nosga o‘xshagan bir narsa, humori tutganda chekiladi-yu, keyin tuflab ketilaveradi, singlim. Ming marta shukur qilingki, siz eringizning nosqovog‘isiz.
Er-xotin restoranga kirishibdi. Xotini restoranning bir burchagidagi stolda aroq ichib o‘tirgan yigitni ko‘rsatib eriga debdi:
— Qarang, shu yigitni men 5 yil avval tashlab ketgan edi. Hanuzgacha ichib yuribdi.
Eri ishongisi kelmay:
— Qo‘ysang-chi, hech kim bunchalik uzoq nishonlamaydi-ku...!? - degan ekan.
Onasi o‘g‘liga:
— Hafta boshidan yangi hayot boshlamoqchimiz. Men ozishni boshlayman, adang chekishni tashlaydi. Sen nima qilmoqchisan?
— Men o‘qishni tashlamoqchiman!
Er-xotin urishib qolibdi. Ikkalasi ham hecham gaplashmas ekan. Bir kuni eri vaqtliroq ishga ketishi kerak ekan, yotishdan oldin, qog‘ozga "Ertalab soat 7:00 da uyg‘ot!", deb yozib xotinining yostig‘i tagiga qo‘yibdi. Er ertalab uyg‘onsa soat 9:00 bo‘lganmish. Jahli chiqqan er darg‘azab bo‘lib, o‘zini yostig‘ini ko‘tarsa, bir parcha qog‘oz, qog‘ozda esa "Turing, soat 7:00 bo‘ldi!", deb yozilgan ekan.
Bir kuni xotini eriga:
— Dadajonisi, meni hozir ham avvalgidek yaxshi ko‘rasizmi?
— Yo‘q, unchalik emas.
— Voy, nima uchun?
— Keyingi paytda ko‘zim yaxshi ko‘rmayapti.
Er xotinini chaqirib:
— Senga necha martta aytaman yopib yur deb. Nuqul ochiq qolaveradi. Beparvosan! Uyat emas-mi?, ... Yana non qotib qolibdi!
Ona qizidan so‘radi:
— Nega Ahmadjon degan yigitga turmushga chiqishni xohlamayapsan?
— Oyi, axir u mallasoch-ku!
Ota gapga aralashdi:
— O‘sha yigitga turmushga chiqaver, qizim! Sen bilan bir yil yashasa, sochi oqarib ketadi, javob!
Uyga mast holatda kelgan eriga xotini baqirib:
— Ichibsan-ku mayli-ya, lekin nega belingda tirnoq izlari tushirilgan?
Eri bo‘lsa:
— Aytsam ishonmaysan! Ichib olib yurolmay qolgandim, burgut uygacha tashlab qo‘ydi...
Afandini ikkita xotini bo‘lgan ekan. Kunlarning birida afandidan birinchi xotini so‘rabdi:
— Qaysi birimizni ko‘proq sevasiz?
— Ikkovingni-yam birdek sevaman, - debdi afandi.
— Agar ikkala xotiningiz cho‘kayotgan bo‘lsa, kimni birinchi qutqarasiz? - so‘rabdi yana xotini. Afandi bo‘lsa:
— Sen suzishni bilasan-ku..., - dermish.