Ayollar haqida latifalar

Er:
— Xotin, bugun nima ovqat qilding? – deb so‘rasa, xotini:
— Qo‘y go‘shtli tovuq sho‘rva, - degan ekan.
Xotin eriga javray boshlabdi:
— Sizga nechi martta aytaman, ichimlik olayotganingizda qarang, sharbatlarga 100 foiz deb yoziladi.
Gazli ichimliklarga 50 yoki 80 foiz deb yoziladi. Nektarlarga 40 foiz deb!
Eri xursand bo‘lib:
— Ana aytdim-ku xotin, aroq - bu nektar deb, - dermish.
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Erim kecha menga: Sen hech ham semiz emassan, sening formang ideal, - dedi.
— To‘g‘ri-da, axir u matematik-ku! Uning uchun eng ideal forma bu shar.
Er xotini bilan hazillashmoqchi bo‘lib debdi:
— Azizam, senga bir sirni ochishim kerak!
— Nima sir ekan?
— Meni kechira olasanmi?
— Ichimni qizdirmasdan, ayting tezroq!
— Bizni qizimiz seni farzanding emas...
Afandi xotini bilan ketayotsa, bir yigit chiroyli qizni qo‘lini qattiq ushlab olib she’r o‘qib berayotgan ekan.
Afandi:
— Hoy yigit, nima qilyapsan? Qo‘yib yubor qizni qo‘lini! - desa, yigit:
— Mashq qilyapman. Uylansam, xotinimni ko‘nglini olish oson bo‘lsin deyapman.
Afandini xotini eriga qarab:
— Uylanmasdan avval qo‘lingiz singanmidi?! - dermush.
Eri ishidan ertaroq qaytib kelib, xotiniga debdi:
— Xotin, bolalarni kiyintir. Bugun hayvonot bog‘iga boramiz!
Xotini ajablanib:
— Nega? Dab-durustdan boramiz deyapsiz? – desa, eri jahli chiqib:
— O‘zing nyecha kundan beri qarindoshlarimni sog‘indim, ko‘rgani borib-kelaylik deb holi-jonimga qo‘ymayapsan-ku! – debdi.
Bir oligarx kasodga uchrab, bu haqda rafiqasiga ma’lum qilibdi.
— Bilasanmi, biz "Mersedes"ni sotib, "Lada" sotib olishimizga, Rublyovkadagi dang‘illama uyimizni sotib, Moskvadagi kvartiramizga ko‘chib o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Biroq sen meni shunda ham sevaverasan-ku, to‘g‘rimi?.
Rafiqasi esa unga:
— Ha sevaveraman va juda sog‘inaman, - deb javob qaytaribdi
Xotin eriga:
— Qanaqa odamsiz? Og‘zingizdan sigaretni hidi sasib yurasiz bir hafta "Sigaret chekmayman, sigaret chekmayman" - deb yursangiz sigaretni tashab yaxshi er bo‘lasiz, - desa.
Er:
— Xo‘p bo‘ladi, sen ham: "Internetga kirmayman, uy ishlarini qilaman" - deb yursang, ajab emas yaxshi xotin bo‘lsang, - dermish
— Oyijon, siz farishtalar uchib ketadi degan edingiz-a?
— Ha, qizim.
— Dadam xizmatkor opani "farishtam” — dedi. Xizmatkor opa endi qachon uchadi?
— Iye, rostan-a? Unda bugunoq uchadi.
— Dugonajon, juda omadlisan-da...
— Nega unaqa deyapsan?
— Eringni aytaman-da... Seni hecham urishmaydi, jahl qilmaydi,...
— Axir u to‘rtinchi martta uylanishi...
— Nima bo‘pti?
— Avvalgi xotinlari bilan urushib, janjallashib bo‘lgan...