Bayramlar haqida latifalar

Qari otaxon yoshlarni nikoh toʻyiga restoranga boribdi.
Stol ustidagi noz-neʼmatlarga qarab oʻtirsa, ofitsiant bola kelib, likopdagi fransuz salatini aralashtirib tashlabdi. Otaxon xafa boʻlib ofitsiantga:
— Eh bolam-a! Tuppa-tuzuk turgan ovqatni kavlab nima qilarding?! – degan ekan.
Bolakaydan so‘rashibdi:
— Senga yangi yilga nima sovg‘a qilay?
Bola o‘ylanib turib:
— Bilmiman, lekin ikkita bo‘lsin!!!
Yangi yil kuni yosh qiz xomush o‘tirib:
— Qorbobodan sovg‘aga "Ertaklardagidek, shahzoda meni qidirib kelsin!" deb so‘ragan edim. Piyonista qo‘shnim Timur aka eshigimni taqillatib kelishini nazarda tutmagandim...
Uchta erkak 8 mart kuni mazza qilib maishat qilib o‘tirishibdi-da, kechasi uyiga sovg‘alarsiz qaytishibdi.
Ertasiga ko‘rishib, bir-biridan hol-ahvol so‘rashibdi. Birinchisi:
— Kecha men uyga borsam, xotinim janjal ko‘tardi.
Ikkinchisi:
— Meni xotinim hafa bo‘lib, arazlab gaplashmadi.
Uchinchisi:
— Meni xotinim esa yedirib, ichirib qornimni to‘ydirdi.
— Nima??? Nimalar yeb-ichding?
Uchinchi erkak xo‘rsinib debdi:
— Kaltak yeb, zahar ichdim...!
Qorboboga xat:
— Salom qari to‘nka. Men seni necha yildan beri har yangi yil oqshomida kutardim. Mana bu yil ham kutdim, kelmading. Endi senga umuman ishonmayman. Hurmat bilan Abdusattor 47 yosh.
— Azizim, 8 martga senga nima sovg‘a qilay?
— Hmm, bilmaasam...
— Unday bo‘lsa, o‘ylashinga yana bir yil muhlat beraman.
Bir qizcha qorboboga xat yozibdi.
— Qorbobo manga yangi yilda ukacha olib kel, - debdi.
Xatni yuboribdi. Bir kundan keyin qorbobodan, qizchaga xat kelibdi.
— Ukacha kerak bo‘lsa, oyingni yubor, - debdi
Demak, bunday! Yangi 2020 yilda:
Dehqonlarga - yer maydonlari,
Xizmatchilarga - fabrika, zavodlar,
Turmushga chiqmaganlarga - sovchilar,
Ishsizlarga - kira uchun Matiz,
Norozilarga - bir shapaloqdan!!! Bor sovg‘am shu...
Faqatgina qizlar yigiti bilan 13-yanvar kuni urishib, 7-mart kuni yarashmoqchi bo‘ladi va faqatgina yigitlar bu kun yarashishni istamaydi...
Bir ayol dugonalari bilan yangi yilni bayram qilibdi va rosa shampanskiy ichib, uyiga mast holatda kech qaytibdi. Qarasa eri uxlayapti. U xotinini kech kelganini bilmabdi ham.
Xotin darhol noutbukini ochib o‘zini ishlatayotganga solibdi.
Eri shovqinda uyg‘onib xotinga:
— Nima bayramda ichib oldingmi?
Xotin:
— Yo‘q, dadasi ertaga juda muhim ishim bor shuni yozayapman!
Eri:
— Yolg‘on gapirma, alkash chemodonni yopib tezda uxla.