Bayramlar haqida latifalar

Talabalar qattiqqo‘l o‘qituvchisiga yangi yilga sovg‘a berishmoqchi:
— Domlajon, sizga nima sovg‘a qilsak bo‘ladi?
— Menga hech narsa kerakmas!
— Aytaqoling, biror orzuingiz bordir axir...
— Yagona orzuim, sizlar meni talabam bo‘lganingizni hech kim bilmasin!
Qorboboga xat:
"Qorbobo, men sizdan yangi yilga oppoq Mersedes so‘ragan edim. Orzularim amalga oshmadi-ku?! Hurmat bilan Shahzoda.
Qorbobodan javob:
"Hurmatli Shahzoda! Siz menga rahmat ayting! Chunki hamqishlog‘ingiz Rustamni orzularini amalga oshirmaganim uchun...
Qadrli ayollar! Agar siz 6 mart kuni sovg‘a olsangiz demak siz u erkakning — xushtorisiz… Agar 7 martda sovg‘a olsangiz — siz uning xamkasbisiz… Agar 8 martda sovg‘a olsangiz — siz uning sevimli ayolisiz… Agar umuman sovg‘a olmasangiz — siz uning xotinisiz!!!
Qorboboga mazzada! Bir yilda 1 haftagina ishlaydi. qolgan vaqt dam oladi.

Erning 8 mart kuni ayoliga aytayotgan so‘zlariga:
Xohlaysangmi? Senga oyni sovg‘a qilaman! Istasang yulduzlarni, quyoshni, sayyoralarni, dengiz-u daryolarni sovg‘a qilaman!
So‘rayver! Pul to‘lanmaydigan hamma narsalarni so‘rayver!

Bir er xotiniga 8 mart bayramiga uchta bir xil ichki kiyimlardan sovg‘a qilsa, xotini sovg‘alarni olib:
— Adasi, bu nima qilganingiz? Nega bularni hammasi bir xil? Ko‘rganlar umuman almashtirmas ekan demaydimi?! - degan ekan.
Erkak do‘stidan so‘radi:
— Xotiningga 8 martda nima sovg‘a qilding?
— Erkinlik sovg‘a qildim, erkinlik!

Yangi 2021 yil kirib kelishiga ham 4 oydan sal ko‘p vaqt qolyapti.
Ha..., rosa bu yil zo‘r o‘tdi-da!!

Qorbobo:
Bu yil mendan hamma beva ayollar turmush o‘rtoq sovg‘a qilishimni so‘rashdi.
Nima emish!? Chol bo‘lsa ham mayli, ichmasa, chekmasa, urmasa, saxiy bo‘lsa, kifoya deyishibdi.
Eh, axir men ularni barchasiga uylana olmayman-ku!
— O‘rtoq, 10 ming qarz berib tur!
— Mayli. Pulni nima qilasan?
— Oyimga sovg‘a olaman.
— Mana 10 ming. Keyingi oyda 20 ming qilib qaytarasan. Qiynalib qolmaysanmi?
— Yo‘q, mayli.
— Bu oyda 10 mingini to‘lasang, keyingi oyda 10 ming qoladi.
— Mana 10 ming, ol! Endi nima qilaman?! Oyimga sovg‘a olishga pulim yo‘q. Buni ustiga qarzim ham bor.