Ertaklar haqida latifalar
— Men kitobda o‘qiganman, sher daraxtga chiqa olmaydi, - debdi.
Qarashsa sher sekin daraxtga chiqa boshlabdi.
Ikkinchisi:
— Ana chiqyaptiku, - desa
Birinchi ovchi hijolat bo‘lib:
— Menimcha bu sher o‘sha kitobni o‘qimagan bo‘lsa kerak debdi.
— Bu dunyoda kim chiroyli, - desa
Oyna:
— Men, - dermish
Uchchalasi “Bizni qo‘yib yubor!” deb devga yalina boshlashibdi. Shunda dev:
— Har biringiz og‘zingizdan biror narsani olib yerga tashlaysizlar. Kimning narsasini ko‘rib, ushlashga ulgursam, men bilan qoladi. Agar ko‘rmasam, qo‘yib yuboraman, - debdi.
Chaplinning og‘zida saqichi bor ekan. Saqichini yerga tashlashi bilan, dev ushlab olibdi.
Aldar Ko‘saning og‘zida nos bor ekan. Yerga tashlashi bilan, uni ham dev ushlab qolibdi. Navbat Afandiga kelibdi. Kecha rosa to‘yib sarimsoq yegan Afandi devga qarab “Kuf-f-f” debdi. Dev atrofga alanglab qarabdi-da:
— Sarimsoqni hidi bor-u, o‘zi yo‘q?! Mayli sen uyingga ketaver! – degan ekan.
— Au, au, au, - deb har yoqqa yugurib yurgan ekan, o‘tkinchilardan biri:
— Nima bo‘ldi do‘stim? Qo‘ziqorindan ko‘proq yeb qo‘ydingmi?, - desa, boyagi odam:
— Yo‘q, Audi mashinamni o‘g‘irlab ketishibdi...
Bir soat o‘tibdi, ikki soat o‘tibdi, kelmabdi. Tulki bilan bo‘rini qorinlari ochib jaxli chiqib shunday, debdi:
— Agar xozir toshbaqa kelsa kosasini ikkiga ayrib majag‘lab tashlayman, urib abjag‘ini chiqaraman, debdi.
Shunda eshik asta ochilib:
— Agar shunday qilsanglar nonga bormayman, debdi.
— Meni qo‘yib yubor... Istagan 3 ta tilagingni bajaraman! - debdi pashsha tilga kirib.
Haligi odam debdi:
— Qimmatbaho mashinam bo‘lishini istayman!
Hovliga qarasa, yangi mashina turganmish.
— Faqat yeb-ichib yotsam deyman! - debdi yana. Oldida to‘kin-sochin dasturxon paydo bo‘lib qolibdi.
Uchinchi tilagiga debdi:
— Faqatgina yotsam, hech ish qilmasam...!
Bir payt qarasa, yana xonasida yotib, pashsha ushlab o‘tirganmish...
— Qizim, mana bu somsalarni buvingga olib borib bergin.
Esingdan chiqmasin, go‘shtligi — 1000 so‘m, kartoshkaligi — 800 so‘mdan.
Kichik o‘g‘lini qo‘liga cho‘p berib sindir, dedi.
Kichik o‘g‘il cho‘pni sindirdi.
Otaxon o‘rtancha o‘g‘liga singan ikki bo‘lak cho‘pni berib:
— Sindir, dedi.
O‘rtancha o‘g‘il cho‘pni sindirdi.
Navbat Katta o‘g‘ilga keldi.
Katta o‘g‘il qiynalmay cho‘plarni sindirdi.
Otaxonni boshidan tutuni chiqib baqirdi. 1000 yillik rivoyatni beliga tepding ahmoq o‘g‘il.