majlis-yigilish haqida latifalar

Mahalla raisi hammani yig‘ib majlis o‘tkaza turib debdi:
— Ayol erkaksiz yashay olmaydi, erkak ayolsiz! Ikkalasi go‘yoki suv bilan baliqqa o‘xshaydi. Suv bo‘lmasa baliq o‘lib qoladi, baliq bo‘lmasa, suvga o‘rdak qo‘nmaydi...
Raisni gapini bir qari onaxon bo‘lib:
— Bekor gap! Meni cholim o‘lganiga 30 yildan oshdi. Yashayapman-ku, o‘lganim yo‘q, - desa Mahalla raisi:
— Onaxon, men baliq haqida gapirayapman, kapchyonnыy haqida emas, - dermish.
Bir kuni odam tana a’zolari pensiyaga chiqishni boshlabdi. Ko‘z o‘rnidan turib aytibdi:
— Menga pensiya beringlar. Ko‘rmay qoldim...
Quloq ham qo‘lini ko‘tarib debdi:
— Menga ham nafaqa kerak. Eshitmay qolganimga ancha bo‘ldi...
Uzoqdan kimnidir ovozi kelibdi:
— Menga ham, menga ham pensiya kerak!
Tana a’zolari deyishibdi:
— Qo‘l ko‘tarib gapir! Kimsan o‘zi?! Seni ko‘rmayapmiz!
— Ko‘tarila olganimda pensiyaga chiqmasdim, - debdi ming‘irlab.
Keyin qarashsa, u tana a’zolari - qo‘llar ekan.
Mahalla oqsoqoli majlis o‘tkazib tursa, kimdir aksirib yuboribdi.
— Kim aksirdi? - so‘rabdi oqsoqol.
Hech kim javob bermabdi.
— Kim aksirdi deyapman?
Yana hamma jim...
— Oxirgi martta so‘rayapman, hozir kim aksirdi??? - qat’iy so‘radi oqsoqol.
— Men, rais, - deb bir kishi zo‘rg‘a ovoz chiqaribdi.
— Sog‘ bo‘ling!!! - debdi oqsoqol.
Korxona rahbari minbarga chiqvolib:
— Oldin ham yaxshi yashardik, xozir ham yaxshi yashayabmiz bundan keyin ham yaxshi yashaymiz! - desa,
Kotiba o‘rnidan turib:
— Bizchi? - dermish.
Bir kuni maktabda til o‘qituvchilarining kengashi chaqirilibdi. Kengashda Lotin yozuvidagi alifbodan "k" yoki "q" harflarining birini olib tashlash masalasi qo‘yilibdi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar "Q" harfini olib tashlash taklifi bilan chiqishibdi sabab yomon so‘zlar barchasi shu harfdan boshlanadi deb etishdi ular.
Metod birlashma rahbari hammani tinglab qaror qabul qilibdi, lekin chetda turgan 1 o‘qituvchi ularga qo‘shilmapti, nega unga qo‘shilmaysan deganda u:
— "Siqilib ketdim" so‘zini endi bir aytib ko‘ringlarchi debdi.
Ota-onalar majlisida o‘qituvchi Alini otasiga:
— O‘g‘lingiz Saiddan ko‘chiradi, - debdi.
Alini otasi:
— Balki Said Alidan ko‘chirgandir, - desa, o‘qituvchisi:
— Said imtihonda bilmayman deb yozibdi. Ali men ham bilmayman deb yozib qo‘yibdi, - dermish.
Maktabda e’lon: "Ota-onalar majlisi soat 3 da boshlanadi. Kirish bepul. Chiqish 5 ming so‘m."
Shahar hokimi oldiga bir ayol kvartira so‘rab ariza ko‘tarib kirdi. Hokim qovog‘ini solib javob berdi:
— Kvartira yo‘q.
Ayol ranjib o‘ziga o‘zi dedi. Birga uxlashga kelganda birga uxlaysizlar, kvartiraga kelganda yo‘q...
Buni eshitgan hokim duv qizarib, arizaga imzo qo‘yib. Sekin so‘radi:
— Nimagadir eslolmayapman qachon birga uxlaganmiz?
Ayol javob berdi.
— Majlisda siz birinchi qatorda, men sakkizinchi qatorda.
— Dada, bugun maktabda ixchamgina ota-onalar majlisi bo‘ladi.
— Ixcham deganing nimasi?
— Si-iz, me-yen va direktor ishtirokida...
Ota-onalar majlisida o‘qituvchi shikoyat qilibdi:
— O‘g‘lingizni hulqi meni ancha tashvishga solyapti. Tanaffus payti qizlarning orqasidan yugurishini bir ko‘rsangiz edi...
Ota:
— Nima qipti? Axir uning yoshida hamma bolalar qizlarning ortidan yuguradi, - desa, o‘qituvchisi:
— Qo‘lida katta tosh bilan yugurayotganidan tashvishdaman-da, - dermish.