Mashhurlar haqida latifalar

Tilla baliq Maksim Galkinga qarab debdi:
— Bor, ketaver! Seni kampiringda hamma narsa bor.
Bir kuni Messi bilan Ronaldo gaplashib qolishibdi.
Messi:
— Meni bir nechta kuboklarim bor, - debdi.
Ronaldo esa:
— Menda esa, O‘zbekistondagi “Ummon” guruhini dastxati bor, - degan ekan.
Er-xotin mashinada ketayotishsa, eri magnitofonni ovozini baland qilib, xotiniga "Eshit!", - debdi.
Sherali Jurayevni ''Birinchi muhabbatim'' qo‘shig‘i yangray boshlabdi. Er goh rulga mushtlar, goh "uf-f" deb bosh chayqatar ekan.
Buni ko‘rgan xotini janjal boshlabdi:
— Ha, qarigan chog‘ingizda...?! Birinchi muhabbatingiz yodingizga tushib qoldimi!? Uyatsiz, beandisha, sharmanda...
Er bo‘lsa yana bosh chayqatib:
— Eh xotin, nimalar deyapsan!? Chap tarafdagi kalonkadan "chars-chars" degan tovush chiqyapti. Yangisini olish kerak endi..., - dermish.
Kunlardan bir kun mashhur italyan qo‘shiqchisi Enriko Karuzo ijodining ilk davrida kichik bir shahar sahnasida konsert berayotgandi. Shu payt tomoshabinlardan biri unga qarata karam boshini otib yuboradi. Qo‘shiqchi o‘zini yo‘qotmay shunday javob qiladi:
— Ayrim tomoshabinlar mening ijroimdan ta’sirlanib kallasini yo‘qotib qo‘yishdi.
Bir kuni Alisher Navoiy shogirdi Xo‘ja Osafiyga nasihat qila boshlabdi:
— Men bir narsaga hayronman. Shunday o‘tkir zehnli, baland ta’bli bo‘la turib, she’r yozish bilan shug‘ullanmaysiz.
— Mavlono xo‘b ayturlar. Afv maqomida uzr bayon qilamanki, endi she’r yozishga zo‘r ishtiyoq bilan kirishib ketdim. Hatto kechalari ham she’r yozish bilan mashg‘ul bo‘lyapman. Masalan, o‘tgan kecha ikki pulga olingan sham yonib bitguncha, ikki yuz juft bayt yozdim.
— Undoq bo‘lsa, har yuz juft bayting bir pul ekan-da...
Bir shoir g‘azal bitib mavlono Abduraxmon Jomiyning huzurida o‘qidi. So‘ng qaddini g‘oz qilib dedi:
— G‘azalni podsho saroyining darvozasiga osib qo‘ymoqchiman, zero el aro shuhrat topsa.
— Unda g‘azalni senikiligini qayerdan bilishadi? El aro mashhur bo‘laman desang, g‘azalingni yoniga o‘zingni ham osib qo‘y, - dedi mavlono Jomiy.
Konsertda o‘tirgan bir kishi yonidagi odamdan so‘radi:
— Nega qo‘shiqchi qo‘shiq aytib u yoqdan-bu yoqqa chayqalaveradi?
— Qimirlab turgan nishonni urish qiyin bo‘ladi-da.
Ingliz tilini suv qilib ichvorgan Adiba Baloyevaning test javoblaridan, Shekspir hayotga qaytib, tug‘ilganiga pushaymon bo‘ldi.
Vagon kuzatuvchisi Gulmira yo‘lovchilardan charchagan vaqtida, ularning choyiga uyqu dori qo‘shib beradi.
Agar-da zerika boshlasa, "Ummon"ni qo‘shiqlarini qo‘yib beradi.
Gollivudda o‘tkazilgan mukofotlash marosimida hozirgacha "Oskar" mukofotiga olti marta da’vogarlik qilgan Leonardo Di Kaprio nihoyat "Oskarga eng ko‘p marotaba da’vogarlik qilgan shaxs" nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.