Qisqa haqida latifalar

Yubiley - bu ko‘p gullar va uyingda allaqachon bor bo‘lgan buyumlardir!
Hind kinolaridagi qahramonlardan o‘rnak olish kerak! Bir talay muammosi bo‘la turib, ashula aytib, raqs tushib yurishadi-ya...
— Yigirma yildan beri Chorvoqni yonida yashaysan. Nega shu vaqtgacha suzishni bilmaysan-a?
— Sen o‘zing, aeroportni yonida yashaysan, haligacha uchishni o‘rganib olmading-ku...?!
— Uyalmaysanmi? Nega uyda bitta ishtonda yuribsan?
— Ikkita ishtonda isib ketyapman-da!
"Ertaga bajararman..." degan so‘z qiyin vazifalar uchun eng ma’qul yechimdir!
Sanatoriyga dam olish uchun kelgan odam xonasiga joylasha turib, sherigidan so‘rabdi:
— Bu yerni ovqatlari yaxshimi? Qorin to‘yadimi? - desa, sherigi:
— Bir bo‘lak non bersangiz aytaman, - dermish.
— Siz buncha ahmoqlik qilishga qanday ulgurasiz?
— Men juda erta turaman.
Mashoyixlarning gapi bor: Ravon yo‘l, albatta biron bir boyning uyiga olib boradi.
AQShda qora chiziq tugab, sariq chiziq boshlandi...
Huddi Beeline dek...!
— Xotin, yigit-qiz, chol-kampir, ota-ona bu qo‘shma so‘zlarda erkaklar birinchi aytiladiku, nimaga "KELIN KUYoV" degan so‘zda ayollar birinchi aytiladi???