Qisqa haqida latifalar

Bir alkash poyezd yo‘lidan ketarkan, o‘ziga o‘zi:
— Agar shu narvondan tushvosam, qaytib ichmayman, - dermish.
Do‘konda.
— Manavi shampuningiz qanaqa sochlar uchun?
— Kir sochlar uchun!
Broller tovuqlarning bir maqoli bor:
"Yeyish uchun yashama, yeyilish uchun yasha!"
— Ayriliqda yashash jonimga tegdi. Muzlatgichni xonamga ko‘chirib o‘tkazaman, tamom!
Shu, odnoklassniki, telegramm chiqqanidan beri, ko‘pchilik yoshlar o‘qish va yozishni o‘rganib olishdi!
Har bir qizda faqatgina o‘tirish qulay bo‘lgan tuflisi bor!
Yaxshi buxgalterni topish ancha mushkul masala. Mana masalan, Vera Pavlovna, 10 yildan beri qidiruvda.
Agar o‘ng oyoqni paypog‘i, chap oyoqni paypog‘idan ajralib tursa, demak uni yuvadigan payt kelibdi!
Hamma kosmetika vositalari ham birdek foydali emas.
Ayniqsa, erkaklar koʻylagidagi lab boʻyogʻi hayot uchun xavflidir!Bir kuni chiroq ichib-ichib, keyin oʻchib qolibdi.
Jamoat transportida yurishdan avval hammomga kirishni o‘ylab ko‘rganmisiz?
Afsus...