Qisqa haqida latifalar

Ba’zi kishilar suhbat paytida siz bog‘dan kelsangiz, u padvaldan yugurib chiqadi.
— Do‘stim, men ishdan bo‘shadim!
— Nega bo‘shading?
— O‘zimni ishsizlikda sinab ko‘rmoqchiman.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan.
O‘sha narsa pul ekan.

— Nima uchun farzandlaringizni sochiga oq tushgan?
— Chunki men ularga kechqurun ertak emas, soliq kodeksini o‘qib beraman.

— Senga 100 ming berishsa, barmoqni kesib tashlay olarmiding?
— Bu kimni barmog‘i ekaniga bog‘liq...!
— Amerikada qora choyni nima deb aytishayotganini bilasanmi?
— Yo‘q.
— Yashil choyni o‘rtog‘i.
— Bizni xomiylik pullarimiz bolalarga yetib borishi aniqmi?
— Axir biz ham kimningdir bolalarimiz-ku...!
Tovuq xo‘rozdan bir hayolda qocharkan,
Ishqilib tez yugurib qo‘ymayapmanmi derkan.
Matematik fokus:
Istagan sonni o‘ylang. Uni 3 ga ko‘paytiring. Natijadan 7 ni ayiring.
Keyin 6 ga ko‘paytiring va 76 ni qo‘shing. Endi hisoblash uchun ko‘zlaringizni yuming. Qop-qorong‘u! Topdimmi?!
Odamlarni gapi qiziq!
Har bir so‘zga so‘z qo‘shib gapirishadi.
Masalan: Ovqat-povqat, non-pon, pishiriq-...