Qisqa haqida latifalar

Qizlar! Agar sizlarga chekmaydigan, ichmaydigan, qizlar bilan yurmaydigan yigit kerak bo‘lsa, Sitro qopqoqlaridan yigit rasmini yig‘ing!
Agar tushingizda hojatxonani ko‘rsangiz, undan foydalanmang!
Tasavvur qilyapsizmi? Agar hozir umumxalq hashari e’lon qilinsa, nechi minglab odamlar ko‘chaga otilib chiqishadi?!
Har kuni tongda sevimli mashg‘ulotim – devordagi soatga qarab, ishga kech qolayotganimni kuzatib yotish...
Uyda o‘tirgan paytim uyda "Kel, shu o‘tirishimda esda qolarli bir ish qilay!" dedim-da, uyda o‘tirish bo‘yicha rekord o‘rnatdim.
Dehqonga "Bir yilda 1 tonna metal yetishtirib berolasizmi?" deyishsa, dehqon "Urug‘ini bersalaring yetishtirib beravaraman" degan ekan.
E’lon:
Dalada qulupnay, bog‘da olma va gilos terish uchun ishchi kerak. Oylik maosh 1 mln. so‘m.
Mabodo, mevalarni terayotganingizda egasi sizni ushlab olsa, meni tanimaysizlar!
Ikkita baliq urishayotib biri nima dermish:
"Faqat suvga bosish yo‘q!"
Negr odamdan "Nega buncha qorasan?" deb so‘rashsa, negr "Tonirovka qilinganman" dermish.
Bugun o‘zimni yomon his qilyapman. Kuchim, madorim yo‘q.
Umuman emas albatta! Ovqat yeyishga kuchim yetib turibdi...