Qisqa haqida latifalar

Karlson bo‘ldik go‘yo:
To‘rtta devor tiklangan.
Parrak aylanar, ammo -
Uchish joyi cheklangan...

Uyda ishlashni boshlaganimdan beri ikki martta ishga kech koldim.
Karantin davrida insonlar kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va o‘z ustida ishlashi uchun vaqtlari yo‘qligi bor-yo‘g‘i ularning bir bahonasi ekanini isbotlab berdi.
Messi:
— Siz to‘pni qayerga tepasizlar?
O‘zbek futbolchilari:
— Sen ko‘zingni yumib qayerga tepsang, biz ham o‘sha yerga tepamiz.
Karantin davri insonlar kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va o‘z ustida ishlashi uchun vaqtlari yo‘qligi bahona ekanini isbotlab berdi.
— Nima ish qilasiz?
— Internet tezligimni o‘lchab o‘tiraman.
— Nega ayollarni armiyaga chaqirishmaydi? ⠀
— Ular “chapga” degan buyruqni noto‘g‘ri bajarishadi.
— Kechirasiz! Meni egizak ukamni ko‘rmadingizmi?
— Siz hozirgina menga shu savolni bermaganmidingiz?
Voy! Nimalar bo‘lyapti! Dunyo qayoqqa qarab ketyapti?!
To‘xtatib turinglar! Men tushib qolay...
Mart, aprel oylarida nimalar qilmadim-yey...! Uyda qoldim, gohida uyda qoldim, kezi kelganda uyda qoldim, uyda qolgan paytlarim ham bo‘ldi, eng qizig‘i deyarli uyda qoldim.