Qisqa haqida latifalar

— Qachon buyuk kelajak keladi?
— Qanaqasiga kelsin?! Axir u kelajak-ku!
Tasavvur qiling, siz tasavvur qilishni umuman bilmaysiz. Nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘rdingiz-a!?
Mehnat va bandlik vazirligiga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmayapman. Band ekanlar!
Hayotda ko‘p narsaga erishmoqchimisan? Unday bo‘lsa hech narsani orzu qilma!
Ba’zida budilnik uyg‘onishga yordam beradi. Lekin ko‘pincha uxlashga halaqit beradi.
Kuningni yaxshi o‘tishi ob-havoga emas, yoningdagi insonlarga bog‘liq.
Suvenir-shunday narsaki, uni siz o‘z shahringizda umuman xarid qilmagan bo‘lar edingiz.
Jarima – bu to‘g‘ri yo‘l tutmaganing uchun to‘lovingdir.
Soliqlar esa to‘g‘ri yo‘l tutayotganing uchun to‘loving bo‘ladi...
Men Gagarin va Nyutonning kimligini endi bildim. Birinchisi Yerdan “surmoqchi” bo‘lgan. Ikkinchisi esa bu ishdan biror foyda yo‘qligini isbotlab bergan.
Qorboboga mazzada! Bir yilda 1 haftagina ishlaydi. qolgan vaqt dam oladi.