Qisqa haqida latifalar

— Ular anchadan buyon birgami?
— Kimlarni aytyapsan?
— Qoshlaringni!
— Nega ayollarni armiyaga chaqirishmaydi? ⠀
— Ular “erkin” degan buyruqni noto‘g‘ri bajarishadi.
Bo‘g‘irsoq bilan quyon duelga chiqibdi.
Quyon:
— Quloqqa otish yo‘q!
Bo‘g‘irsoq:
— Unday bo‘lsa, boshga otish ham yo‘q!!!
Agar xojatxonaga kirmoqchi bo‘lsangiz-u band bo‘lsa, eshikni tortib ko‘rib “U shu yerda! Teshikdan oting!” deb baqiring.

Televizorda hamma tinimsiz "uyda o‘tiring" deydi. Hechkim "uyda yoting" demaydi. O‘tirishdan zerikib, yotib ko‘rdim. Mazza ekan...

"Hayotda masofalar hech narsani hal qilmaydi" deydigan insonlarga hojatxonani uyingizdan 1 km uzoqqa quring-chi, ko‘ramiz hal qilmasligini degim keladi.
Jangchi:
— Agar jang davomida patron tugab qolsa nima qilaman?
Praporshik:
— Dushmanni chalg‘itish uchun o‘t ochishni davom ettirasan.
— Isming nima?
— Rahmat.
— Men seni ismingni so‘radim. Nega rahmat deysan?
— Meni ismim - Rahmat.
Erkaklar xotinining "Mensiz qanday yashagan bo‘lardingiz-a?!" degan doimiy savoliga shirin hayollar bilan kulib qo‘yganini sezganmisiz?

Odamlar birinchi martta MCHSning tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi to‘g‘risidagi SMS xabariga amal qilib uyda o‘tiribdilar.