Qisqa haqida latifalar

Maktabni ko‘k diplomga bitirib, kollejni ham ko‘k diplomga tamomladim. Endi institutga ham ko‘k bilan kiraman.
"Supurilgan joy tozamas, axlat tashlanmagan joy toza!" degan gapni eshitgan farroshlar qo‘liga supurgi emas tayoq olib yurishibdi.
— Doktor, betob bo‘lib qoldim. Nima qilay?
— Tezroq tuzaling!
— Rahmat doktor!
— Men chekishni tashladim!
— Yanami?
Qo‘llarni 20 soniya emas, 20 daqiqa yuvish kerak.
Hurmat bilan "Suvsoz" OAJ.
Kelajak yoshlar qo‘lida. Yoshlar xorijda! Demak, xorijiy mamlakatlar ham bizni ixtiyorimizda ekan-da?!
Agar uylanmagan yigitlarda qaynonaning tajribasi bo‘lganida edi, hamma yigitlar bu dunyodan bo‘ydoq o‘tib ketardi.
Aqlli kapalak atigi bir kun yashashini bilib qolib, o‘sha kuni jinoyat qilgan ekan, 15 kun o‘tirib chiqibdi.

— Qon topshirgani keldim.
— Test uchunmi?
— Yo‘q, ichish uchun! Yana nimaga kelardim!?

Fursatdan foydalanib, sevgan qizimni ixtirochilar kuni bilan tabriklayman! U ham o‘zicha, o‘zidan kimnidir yasab olgan...