Qisqa haqida latifalar

Ayrim odamlar jamoat transportida yurishdan avval hammomga kirishni o‘ylashmaydi!

— Do‘stim qayerdasan?
— Muammolar uyidaman!
— Sud binosidan chiqganingdan keyin qo‘ng‘iroq qilib yuborgin.

Raqqosaga "qistirish" uchun puli bo‘lmagan odam "Rahmat" deb tursa ham bo‘ladimi?
— Uyda bir oshxo‘rlik qilmaymizmi?!
— Yo‘q, biz ozmoqchimiz-ku!
— Unda osh markaziga piyoda boraqolaylik...!
Agar er-xotin urushib qolsa, xotin "Onamnikiga ketaman" deydi.
Ichkuyov bo‘lsa, er nima derkin?!
Hozir uzoq qishloqlar yashaydigan ayollarda ham kir mashina bor. Lekin kirni qo‘lda yuvishadi.
Nimaga deysizmi? Chunki elektr yo‘q!
Akula bilan itbaliq urisha boshlabdi.
Jahli chiqqan akula itbaliqqa "Itni bolasi" deb baqirayotganmish.
— Doktor, davosi yo‘q qanday dardga chalinibman?
— Pulsizlik dardi...
— Ko‘zlaringdan bilinib turibdi, yana ichibsan.
— Qomatingdan bilinib turibdi, yana to‘yib ovqat yebsan.
O‘rmonda katta bayram! Hamma hayvonlar xursand yuribdi, ayniqsa ayiq.
Chunki Masha turmushga chiqib ketayotgan ekan!