Tilaklar haqida latifalar

Bir kun 99ta negr daryo bo‘yida o‘tirib. "Qaniydi hozir oltin baliq chiqib tilagimizi bajarsa, bizlar ham oq tanli odamlarga aylanib qolsak." - deyishibdi.
Shu payt rostakamiga tilla baliq chiqib:
— Hammalaringni faqat bittadan tilaklaringni bajaraman. Tila tilagingni, - debdi.
Shunda 98 ta negr faqat bir hil tilak bildirib, oq tanlilarga aylanishibdi.
Oxirgi 99 negr qotib kulib turganmish.
Tilla baliq:
— Nega kulasan? Hech qanday tilaging yo‘qmi? - desa
— Shu 98ta oq tanlikka aylantirgan negrlaringni o‘z holiga - qaytarib qo‘y! - dermish
Qaniydi, tushimda ishlayversam-u, o‘nggimda maosh olaversam!
Bir qiz dugonasiga debdi:
— Kelishgan, badavlat va ahmoq yigitga turmushga chiqishingni xudodan so‘rayman.
— Nega ahmoq?
— Senga uylanadigan yigit ahmoq bo‘ladi-da!
Meni tilaklarimni eshitgan sehrgarlarning sehrli tayoqchasi sinib tushdi, oltin baliqcha suvga bo‘kib o‘ldi, chol ibn Xattob esa soqolini qirtishlab tashladi.
Oltin baliq tutib olganimda “Hamisha pulga ko‘milib yuray”, deb tilak bildirgandim. Shundan beri inkassator bo‘lib ishlayapman. Maoshim ozligini aytmasa, tilagim to‘la amalga oshdi.
Nikoh to‘yida kuyov jo‘ra so‘zga chiqib debdi:
— Do‘stim, sen uylanayotgan qizni men umuman bilmayman. Shuning uchun seni tabriklay olmayman...
Lekin men kuyov bolani juda yaxshi bilaman. Shuning uchun kelin bola afsus, sizni hecham tabriklay olmayman!
Dugonalar suhbatidan:
— Bilasanmi o‘rtoqjon, yigitim meni tashlab ketgandi. Keyin uni yomon duo qildim!
— Nima deb duo qilding?
— Dunyodagi eng tasqara, beo‘xshov, alvastini yoniga borgin deb duo qildim.
— Xo‘sh, nima bo‘ldi keyin?
— Ertasi kuni yigitim o‘zi yonimga qaytib keldi...