Ustoz-shogird haqida latifalar

Talabalarga maslahat. Shpargalkangizni pulga yozdiring.
Shunda domla pora olishdan qo‘rqib, shpargalkangizga tegmaydi...
Kollej o‘quvchisining dars vaqtida hayol surib o‘tirganini ko‘rgan ustozi:
— Hoy, Eshmat! Darsga quloq solmay, nimalarni o‘ylab o‘tiribsan?!
Eshmat:
— Stipendiyamni hisoblayabman.
Ustoz:
— Kollejda stipendiya olmaysan-ku?!
Eshmat:
— Dastingizdan orzu ham qilib bo‘lmaydi-ya...
Maktabda dars boshlanib, o‘qituvchi o‘quvchilarga debdi:
— Hozir oraliq imtihon topshirasizlar!
Bir o‘quvchi:
— Kalkulyatordan foydalansak bo‘ladimi?
O‘qituvchi:
— Ha bo‘ladi.
Yana bir o‘quvchi:
— Mendeleyev jadvalidan-chi?
O‘qituvchisi:
— Albatta mumkin! Demak, yozib oling, imtihon mavzusi: "Ikkinchi jahon urushi".
Ustoz o‘quvchilarga: Ertaga hammangiz 5000 dan remontga olib kelinglar!
Shunda bir o‘quvchi:
— Ustoz meni dadam bilan oyim Rossiyada-ku!? - desa, ustoz:
— Unda 50 dollar olib kelaver, - dermish.
Praktikant talaba tug‘ruqxonada bir ayolni tug‘ishiga yordam beryapti. Professor uni kuzatib turibdi...
Hammasi ko‘ngildagidek o‘tdi. Talaba o‘zida yo‘q hursand. Professorga faxr bilan:
— Menimcha, hammasini to‘g‘ri bajardim.
Professor:
— Yashirmayman, rostdan ham hammasi to‘g‘ri bo‘ldi. Lekin oxirida chaqaloqni orqasiga, urish kerak edi, chaqaloqni..
Afandidan o‘qituvchisi so‘rabdi:
— "O‘g‘irladi" so‘zi o‘tgan zamonda qanday bo‘ladi?
— "O‘g‘irlagan edi" bo‘ladi.
— Kelasi zamonda-chi, qanday bo‘ladi?
— "Qamoqda" bo‘ladi, ustoz!
2060-yilda shogird ustozidan so‘radi:
— Ustoz 50yil oldin qizlar nima kiyishgan?
Ustoz javob qildi:
— 50yil oldin qizlar kalta bo‘lsa ham yubka kiyishgan.
O‘qituvchi o‘quvchidan so‘radi:
— Suvda yashaydigan 5 ta jonzot nomini ayt!
O‘quvchi:
— Qurbaqa.
O‘qituvchi:
— Juda yaxshi, yana 4 ta?
O‘quvchi:
— Uning otasi, onasi, akasi va singlisi.
Falsafa fanidan imtixon bo‘lyapti...
Talaba: Domla keling yaxshisi men sizga bir savol beraman, topsangiz zachyotkamga bahoimni qo‘ymaysiz, topolmasangiz 5 baho qo‘yib berasiz.
O‘qituvchi: Ho‘p, eshitaylikchi...
Talaba: Nima qonuniy-yu, mantiqiy emas, nima mantiqiy-yu, qonuniy emas, nima qonuniy ham emas, mantiqiy ham emas?
O‘qituvchi savolga javob berolmay bahosini qo‘yib berdi.
O‘qituvchi: Qani endi javobni o‘zingizdan eshitaylikchi...
Talaba: Siz xotiningiz bilan ZAGSdan o‘tgansiz — bu qonuniy, lekin siz 70 yoshdasiz, xotiningiz 20 yoshda — bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Sizning xotiningizni jazmani bor — bu mantiqiy, lekin qonunga xilof ish qilyapti — bu qonuniy emas. Siz hozirgina o‘sha xotiningiz jazmaniga baho qo‘yib berdingiz — bu qonuniy ham emas, mantiqiy ham emas.
Talaba kafega kirsa, dekan tushlik yeb o‘tirgan ekan. Talaba dekanni yoniga borib:
— Domlajon, maylimi siz bilan bir stolda o‘tirib, ovqatlansam? - desa, dekanni jahli chiqib:
— Qayerda ko‘rgansan burgut bilan kalamushni birga ovqat yeb turganini, - debdi.
Shunda talaba bir kulib qo‘yibdi-da:
— Unda siz ovqatingizni yeyavering, men uchib ketaqolay, - dermish.