Imtihonda chiroyli talaba qiz biletdagi savollarga javob topa olmay o‘tirsa, o‘qituvchi yoniga kelib:
— Yaxshi qiz, bugun kechqurun bo‘shmisiz...? - debdi.
Qiz xursand bo‘lib, — Ha bo‘shman, - deb nozlanib javob bersa, o‘qituvchisi:
— Bo‘lmasa, kechasi o‘tirib savollarga yaxshilab tayyorlaning. Qayta topshirasiz! - degan ekan.
40 dan 80 gacha bo‘lgan istalgan juft sonni tanlang. Uni 3 ga ko‘paytiring. Keyin undan 11 sonini ayiring, so‘ng 17 ni qo‘shing va 2 ga bo‘ling. Endi ko‘zlaringizni yuming. Qop-qorong‘u, shunday emasmi?
Militsiyaga bir erkak qo‘ng‘iroq qilyapti:
— Allo, militsiya, xotinim yo‘qolib qoldi!
— Tinchlaning, qayerga ketgan edi xotiningiz?
— Do‘konga deb chiqib ketgandi...
— Xotiningizni belgilari: Bo‘yi? Soch rangi?
— Bilmayman, bo‘yini o‘lchab ko‘rmagandim. Sochini rangini har hafta almashtirib turadi. Oxirgisi yodimda yo‘q!
— Ko‘zini rangi-chi?
— Hecham ahamiyat bermaganman.
— Qanday kiyimda edi?
— Bilmayman ...
— Mashinada ketganmidi?
— Ha, ha. Mashinada!!! Lasetti. Rangi oq, 2015 yil, avtomat korobka, o‘rindiqlar charmdan, galogen chiroqli, qishki shinalar o‘rnatilgan, salonga monitor ham o‘rnatib bergan edim, - deb yig‘lab yuboribdi.
— Havotir olmang, mashinangizni albatta topib beramiz!
Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yigit suhbatdan o‘tmoqda.
Huquqshunos:
— Do‘stim, siz hamisha qonunlarga tayanib ish qilasizmi?
Yigit:
— Albatta! Masalan, men Ahmadboyga pul berganlar ro‘yxatida yo‘qman.
— Xolajon, menga bergan sovg‘angiz uchun rahmat.
— Arzimaydi.
— Arzimasligi to‘g‘riku-ya, oyim shunday deb ayt dedilar-da.
— Nimalarni o‘ylab turibsan?
— Har bir xitoylik menga yuz so‘mdan bersa yaxshi bo‘lardi...
— Kecha o‘g‘lim gazetadagi rasm ustiga ikki martta bosib kattalashtirishga urinyapti.
Ko‘rib aqldan ozay dedim...
— Bir daqiqa kulgu umrni besh daqiqaga uzaytirishi rostmi?
— Bu kimni ustidan kulishingga bog‘liq...! Boshqa umuman kulmasliging ham mumkin...
Tungi qorovul rahbarga qarab:
— Xo‘jayin, men ikki kunlik navbatchiligimni ishlab bo‘ldim, - debdi.
— Qanday qilib, - hayron bo‘lib so‘rabdi boshliq.
— Bugun tunda uxlab qolibman, hech kim uyg‘otmabdi-yam..., - dermish qorovul.
Er-xotin ovqatlanib o‘tirishsa, xotini kosadagi ovqatini kiyimiga to‘kib yuboribdi:
— Voy qarang, huddi cho‘chqaga o‘xshayman-a..., - debdi xotini.
— Ha! Aniqrog‘i ust-boshiga ovqat to‘kilgan cho‘chqaga..., - dermish eri.