O‘g‘il kechki payt mast kelib, uyga kirsa, stolni ustida qovun turgan ekan. "Bir oz yeb yotay, bo‘lmasam uydagilar ichib kech kelganimni bilib qolishadi", - deb qovunni yeb uxlabdi.
Ertalab oyisi:
— Ey, uyati yo‘q, tur! Kechqurun uyga ichib kebsan-a?
— Yo‘q, oyi.. Men ichganim yo‘q, nimalar deyapsiz?
— Ichganim yo‘q? Tunda oshqovoqni yarmini yeb qo‘yibsanku, - dermish.
Ota o‘g‘liga debdi:
— O‘g‘lim, qo‘shni xonadan paypog‘imni olib chiqgin.
O‘g‘li “Xo‘p” deb qo‘shni xonaga kirsa, opasi o‘tirgan ekan.
Bolani sho‘xligi tutib opasiga debdi:
— Adam aytdilar-ki, qulog‘ingizni “burab” qo‘yar ekanman...
Opasi:
— Nima deyapsan? Tentakmisan?! Bo‘lishi mumkinmas!
Bola otasi tomonga qarab baqaribdi:
— Ada, o‘nginimi yo chap tarafinimi?
Hech narsadan bexabar otasi:
— Ikkalasini ham! – dermish.
Afandi bir poshshoga baliq sovg‘a qildi. Poshsho bu sovg‘a uchun Afandiga xazinadan bir tilla in’om qildi. Afandi chiqib ketishi bilan vazir poshshoga dedi:
— Har kim baliq ko‘tarib kelsa bir tilladan beraversangiz xazina bo‘shab qoladi-ku?
— Darvoke, aytganingiz to‘g‘ri. Nima qilish kerak?
— Darhol Afandini qaytarib kelishni buyuring,— dedi vazir.
Poshsho Afandining ketidan odam yubordi-da, vazirga dedi:
— Tillani qaytarib ber desak kanday bo‘lar ekan?
— Buning iloji oson,— dedi vazir,— Afandidan balig‘ing erkakmi, urg‘ochimi deb so‘raysiz, urg‘ochi desa, «Menga erkak baliq kerak» deysiz, erkak desa, «Menga urg‘ochi baliq kerak» deysizu tillani qaytarib olasiz.
Afandi keldi. Poshsho undan so‘radi:
— Balig‘ing erkakmi urg‘ochimi?
Afandi poshshoning niyatini payqab:
— Balig‘im xunasa edi,— deb javob berdi.
Poshsho uning ziyrakligiga qoyil qolib, yana bir tilla in’om qildi.
Bir kuni geografiya o‘qituvchisi globusni ko‘rsatib:
— Soliyev Afrika qani?, - desa Soliyev:
— Men olmadim ustoz, - debdi.
O‘qituvchi yana so‘rabdi:
— Soliyev Afrikani menga topib ber!
Soliyev:
— Ustoz rostini aytyapman, men olmadim.
Shunda o‘qituvchi:
— Bor, dadangni chaqir!, - debdi. Dadasi kelgach:
— O‘g‘lingizga Afrikani ko‘rsat, qani deb so‘rasam, men olmadim deydi. Bunga nima deysiz?, - debdi.
Dadasi o‘g‘liga o‘girilib:
— O‘g‘lim, olgan bo‘lsang, qaytib ber!, - dermish. Aqldan ozay degan ustoz ota-bolani qo‘shnisini ko‘chada ko‘rib qolibdi-da, bo‘lgan voqeani gapirib bersa, qo‘shnisi:
— O‘zi bular shunaqa, olgan narsasini qaytarib berishmaydi, - dermish.
Bir kuni 5000 so‘m vafot etib do‘zaxga tushibdi qarasa: 1 so‘m, 3 so‘m, 5 so‘m, 10 so‘m, 25 so‘m, 50 so‘m, 100 so‘m, 200 so‘m, 500 so‘m, hatto 1000 so‘m ham jannatda mazza qilib yurishgan ekan shunda, 5000 so‘m 100 so‘mga sizlar:
— Jannatga qanday tushdinglar deb so‘rabdi?
100 so‘m javob beribdi:
— Sen biror marta masjidga borganmisan? Biror marta yetim yesirlarga sadaqa qilinganmisan debdi.
Bir yigit poyezdga chiqib kupega kirsa, bir ketvorgan qiz o‘tirgan emish. Ikkalasi tanishib, chiqishib qolishibdi.
Bir oz o‘tgach qiz:
— Keling "YoPIRAY" - degan o‘yin o‘ynaymiz, - desa.
Yigit:
— Men bilmaymanku? Qanaqa o‘yin? - desa
Qiz
— Men o‘rgataman. Ko‘zingizni yumib ichingizda 50gacha sanab, ko‘zingizni ochasiz, - debdi.
Yigit ko‘zini yumib 50gacha sanab ko‘zini ochsa, qiz faqat ich kiyimda turganmish.
Yigit qizga qarab:
— "YoPIRAY", - deb yuborsa,
Qiz:
— Endi men ko‘zimni yumib, 50gacha sanayman, - deb ko‘zini yumib, 50gacha sanab ko‘zini ochsa, yigitni ich kiyimi ham yo‘q turgan emish.
Qiz yigitga qarab:
— "YoPIRAY", - debdi.
Endi navbat yigitga kelib, ko‘zini yumib, 50gacha sanab ko‘zini ochsa, qiz ham yo‘q, yechgan ustilariyu hamma narsasi yo‘qmish.
Yigit nima qilishini bilmay provodnikdan oq choyshab olib, o‘ranib, vokzalga tushsa, 4ta arab ketayotgan ekan. Sekin borib ularni orqasidan ketayotsa, haligi 4 ta arab yigitga qarab kulishib:
— Siz ham "YoPIRAY" o‘ynabsiz-a? - dermish.
Kunlardan birida hokim yo‘lda ketayotgan ekan, ko‘chada eshak yetaklab ketayotgan Afandini ko‘rib, shofyorga:
— Otaxonni yonida to‘xtat, bir bopli - debdi.
Hokim Afandiga qarab:
— Ha, Afandi, eshakni o‘qishga olib ketvosizmi? - deb shofyor bilan qotib kulishibdi.
Gapga javoban Afandi:
— Ha, o‘qishga olib ketvoman. O‘qisa hokim bo‘ladi, o‘qimasa shofyor - debdi
ENG MAShHUR YoLG‘ONLAR.
— Seni laylaklar olib kelgan...
— Seni o‘ylab tuni bilan uxlay olmadim...
— Ayollarni xunugi bo‘lmaydi...
— Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun...
— Xuddi siz uchun tayorlangandek sizga juda yarashdi...
— Men uchun eng muhimi qalb go‘zalligi, yuz go‘zalligi emas...
— O‘tirsangiz, osh pishayotgan edi...
— Bizni taklif qilishdi, lekin biz bormadik...
— Orqasidan gapiryapman, shu yerda bo‘lsa yuziga ham aytaman...
— Oxirgisini sizga sotayapman, bundan boshqa qolmadi...
Qishloqdagi bolakay:
— Oyijon, chelakdagi sutga sichqon tushib ketti.
— Voy sho‘rim qursin! Darrov olib tashla!
— Yo‘q. Men chelak ichiga mushukni tashladim. Hozir sichqonni ushlaydi.
Maktabda tabiatshunoslik fani o‘qituvchisi o‘quvchilarga debdi:
— Aytinglar-chi bolalar, parrandalar bizlarga nima beradi? Sen ayt-chi, Valijon...
— Tuxum beradi, ustoz.
— Yana nima beradi Madina?
— Go‘sht beradi.
— To‘g‘ri. Parrandalardan yana nima olsak bo‘ladi, Olimjon?
— Bilmayman ustoz.
— Nega bilmaysan!? Seni adang uxlaganda boshiga nima qo‘yib yotadi?
— Yostiq...
— Xo‘sh? Ana shu yostiqni qaychida kesib, ichini ochsak nimani ko‘rasan?
— Men tomonga kaltak ko‘tarib kelayotgan adamni ko‘raman, ustoz.