— Ho‘sh bolajonlar, nima qilsak 6 soni 9 bo‘ladi?
Orqa partada o‘tirgan o‘quvchi o‘rnidan turib javob beribdi:
— 6 sonini yiqitib, oyog‘ini tepaga qilib qo‘ysak 9 bo‘ladi, ustoz...
— Barakalla, o‘g‘lim! Ertaga ham shu yerga kelsang, senga jannatning yo‘lini ko‘rsataman.
Bola javob beribdi:
— Cherkovning yo‘lini bilmagan odam, jannatning yo‘lini qayerdan bilardingiz?!
— 200 so‘m sadaqa qiling, - debdi.
Kishi esa:
— Pulim yo‘q edi, - desa.
Boyagi yigit:
— Ishlash kerakda og‘ayni, - dermish.
— Bolam, balig‘ing yangimi? - deb so‘rasa, sotuvchi:
— Yozib qo‘yibdi-ku, tirik baliq deb onaxon, - debdi.
Onaxon unga:
— Men ham tirikman bolam, lekin yangi emasman, - debdi.
— Kimni latifasi kulgili chiqmasa, o‘shani yeyman, - debdi sher.
Birinchi bo‘lib quyon latifa aytibdi. Hamma hayvonlar kulibdi. Faqat jirafa kulmabdi. Sher quyonni yeb bo‘lgach, bo‘ri latifa aytibdi. Jirafa rossa kulibdi.
— Nega kulyapsan? - deyishsa, jirafa:
— Quyonni latifasi kulgili ekan, - dermish.
— Qayerlarda yuribsan? Soat nechi bo‘ldi?! Bor, yuraver ko‘chada!
Bu gapni eshitgan o‘g‘li shu zahoti cho‘ntagidan telefonini, kimgadir qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, Alish sho‘ttamisila? Ruxsat oldim. Hozir chiqaman, - dermish.
— Tomoshabinlar uyg‘onib ketmasliklari uchun bolam.
— Xo‘sh bolajonlar, aytinglarchi, bog‘cha opangiz yaxshimi?
Bolalar bir ovozdan:
— To‘yib ketdik, - deyishibdi.
Hayron bo‘lgan tekshiruvchilar:
— Bog‘cha opangiz qancha ovqatni o‘zi bilan uyga olib ketadi? – deyishsa, bolalar:
— Rosa-yam ko‘p! – deb javob berishgan ekan.
Yigit:
— Nega kech qolding?!
Qiz:
— Bilmaysizmi, chiroyli qizlar doim kechikib kelishga odatlangan.
Yigit:
— Buni bilaman, lekin san nimaga kech qolding...?