80 yoshlarga borib qolgan onaxon shifoxonada.
Vrach:
— Onaxon, biz sizni yaxshilab tekshiruvdan o‘tkazdik. Siz butunlay sog‘lomsiz. Yana bir martta shikoyatingizni menga eslatib yuboring.
Onaxon:
— Aytdimku bolam, avtobusni orqasidan yugurib, yetay-yetay deb qolganimda sal-pal hansirab qolyapman...
Dushanba kuni ertalab hamkasblarning ishxonadagi suhbati:
— Do‘stim, chin so‘zim, boshqa ichmayman, bo‘ldi!
— Nahotki. Nimadir bo‘ldimi?
— Juma kuni ishdan uyga qaytdim. Qarasam, rosa charchabman. Shkafda berkitib qo‘ygan bir shisha aroqni olib ichdim-da, uxlashga kirib ketdim.
Ertasi kuni ko‘chaga chiqsam, hamma gapiryapti. Nima emish?! Kecha kechasi bilan butun mahallani uxlatmay, ko‘chada baqir-chaqir qilganmishman. Bo‘lishi mumkinmas do‘stim. Uxlashga yotganim aniq esimda...
Mayor askarlarga:
— Qazigan transheyangiz bir pulga qimmat! O‘pirilib tushganidan komandirning xabari bormi? – desa, askarlar:
— Hozircha yo‘q, o‘rtoq mayor. Avval uni qazib chiqaraylik, albatta aytamiz, - deyishibdi.
Savol: Internetda suhbatdoshingizni ensasi qotganini qanday bilsa bo‘ladi? Axir yuzi ko‘rinmaydiku!
Javob: Hozir odat bo‘lgan biror gapga "Hmm" deb javob berish. Shu so‘zdagi “M” lar soniga qarab ensa qotish darajasini bilib olaverasiz..
Hmmmmm....
— Begim bo‘laqoling, haliyam tiqmadingizmi? Shuni ham eplay olmaysiz-a!?
— Hozir, jim tur! Mana bo‘lay deb qoldim…
— E, bering bu yoqqa shlankani! Hamma yoq suv bo‘lib ketdi-ku!
Qo‘mondon Alparslon yigirma yetti ming kishilik askari bilan Vizantiya tuproqlarida olg‘a borar ekan. Razvedkaga yuborgan zobitlaridan biri ko‘zlari ola-kula bo‘lib kelib qoldi.
— Sultonim, — dedi u hansirab, — Uch yuz ming kishilik dushman askari bizga yaqinlashib kelmoqda.
Sulton Alparslon hech dimog‘ini buzmay javob berdi:
— Biz esa ularga yaqinlashib bormoqdamiz.
Insonlar nega bu ishlarni qilishadi? O‘zlari ham tushunmasalar kerak?!
— Muzlatkichni ochib, hech narsa olmay yopib qo‘yishadi;
— Do‘konga shakar olaman deb borib, bir xalta narsa sotib olishadi-yu, shakar olish esdan chiqadi;
— Yaqinlashib kelayotgan lift tugmasini yana-yam qattiqroq bosishadi;
— Do‘konlarda paketlar pullik bo‘lganini bilishsa ham, “Nega 300 so‘m ortiqcha hisobladingiz?” deb so‘rashadi;
— Batareykasi tugayotgan televizor pultini yana-yam qattiqroq bosishadi.
Ikkita pashsha poyga o‘ynabdi.
Birinchi pashsha g‘olib chiqibdi. Ikkinchi pashsha mag‘lubiyati tan olmasdan bahona qilarmish:
— Hisobmas! Boshidan boshlaymiz!
— Nega? – debdi birinchi pashsha.
Shunda narigi pashsha:
— Agar uchib ketayotganimda, ko‘zimga chivin kirib ketmaganida men yutardim, - debdi.
Bir kuni yigit do‘stidan so‘rabdi:
— 10 yildan beri kanal yonida yashaysan. Nega haligacha suzishni bilmaysan?
Do‘sti unga qarab:
— O‘zing 15 yildan beri aeroport yonida yashaysan. Nega haligacha uchishni bilmaysan? – degan ekan.
— Hoy bolam, ko‘katlardan olib ketgin. Shu qoldi faqat. Menam sovuqda qolib ketdim...
— Ko‘katlaringiz qanchadan ekan?
— Bir bog‘i 2 mingdan, kelaqol...
— Ha, yo‘q xolajon...! Qalinroq kiyinib oling!