Agar internet tezligiga ham pedal o‘rnatilganda edi, insonlar kamroq semizlik kasalligiga uchrar edilar.
Rokfeller degan odam 100 million pul yig‘ishni va 100 yoshga kirishni niyat qilgan ekan.
300 million pul yig‘ibdi-yu, 97 yoshga kirib qazo qilibdi.
Hamma niyatlar ham amalga oshavermas ekan-da...
Agar dushanba kuni ishga chiqishga qiynalsangiz, dam olish kunlarisiz ishlang!
Ota: O‘g‘limni telefonini qo‘limga olib, qaradim. Xotinimni raqamini "Xo‘jayin" deb yozib qo‘yibdi. Meni raqamimni nima deb saqlagan ekan??? "Xo‘jayinning xo‘jayini" degan yozuv chiqdi. Ma’qul!
Tergovchi so‘roq qilinayotgan kishidan so‘rabdi:
— Faqatgina o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rgan narsalarni ayting! Demak, tug‘ilgan sanangiz?
— Bilmayman, o‘rtoq tergovchi. Buni men ko‘zlarim bilan ko‘rmaganman!
Sudya ayblanuvchiga debdi:
— Siz odamlarni pichoq bilan qo‘rqitib, bitta mashina, ikkita qo‘l telefoni va besh million pulga ega chiqibsiz. O‘zingiz nima deya olasiz?
— O‘rtoq sudya siz bitta bolg‘acha bilan beshta mashinalik, to‘rtta uylik, ikkita dalahovlilik va yana yaxtalik bo‘ldingiz-ku, menga nima bo‘pti?!
Qurilishga tekshiruv komissiyasi kelishi kutilayotgan ekan. Brigadir hamma ishchilarni yig‘ib, debdi:
— Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, hech narsa sezdirmaslikka harakat qilinglar. Huddi shunday bo‘lishi kerakdek tutinglar o‘zingizni! - debdi.
Tekshiruv komissiyasi kelib tursa, birdaniga devor qulab tushibdi. Shu payt ishchilardan biri xursand bo‘lib, soatiga qarab debdi:
— Roppa-rossa 11:00! To‘ppa-to‘g‘ri! Juda-yam aniq! Huddi hisoblaganimizdek!
Bir yigit vrach yoniga kelib, debdi:
— Nuqul qizlarga qaradim deguncha, do‘stim Dilshod yodimga tushadi.
Qo‘rqib ketgan vrach yigitdan sal nariroq surilib, g‘alati qarab turib:
— Nega qizlarga qarasangiz, birdaniga do‘stingiz yodingizga tushadi? - desa, yigit:
— Chunki Dilshod menga "Qizlarga ishonma! Ular yolg‘onchi bo‘lishadi degandi, - dermish.
Har bir qizda faqatgina o‘tirish qulay bo‘lgan tuflisi bor!
Advokat: "Ikki-uchta ishni hal qilsam, mashina olaman"
Vrach: "Ikki-uchta operatsiyani o‘tkazsam, hovli olaman"
O‘qituvchi: "Ikki-uchta daftarni tekshirsam, olovni yoqib olishga qog‘oz bo‘ladi..."