— Amaldor bilan pashshaning nima farqi bor?
— Bilmadim...
— Hech qanday farqi yo‘q!
— Nimaga?
— Ikkalasini ham gazeta bilan urib "tamom" qilsa bo‘ladi.
Bir qiz mashina yo‘lida ketayotsa, orqasidan kelgan mashina signal chalaveribdi.
Qiz bo‘lsa, "Men signal chalganlarga qaramayman!" deb ketaveribdi.
Mashhur biznes-trener katta auditoriyaga gapira boshlabdi.
Tinglovchilarni orasida bir yigit savol berish uchun qo‘lini ko‘tarib qolibdi:
— Janob, nima uchun hamma joyga borib bir xil gapni gapiryapsiz?
Trener javob beribdi:
— Siz meni orqamdan hamma joyda yurishdan boshqa ishingiz yo‘qmi?
— Ikki oy parhezda o‘tirdim.
— Xo‘sh, anchasini yo‘qotdingmi?
— Roppa-rosa 2 oyni yo‘qotdim.
Haydovchilik guvohnomasi olishga imtihon topshirib kelgan xotinidan eri so‘rabdi:
— Xo‘sh, nima bo‘ldi? Topshirdingmi?
— Yo‘q! - debdi xotini.
Eri:
— Qovun tushurdingmi? - desa, xotini:
— Qovun emas, daraxt tushdi. Mo‘rt ekan, mashinam tegib ketgandi, tushib ketsa bo‘ladimi? - debdi.
Neftni narxi tushib borayotganiga qaramay, benzinni narxi tushib ketishidan saqlanib qolmoqdamiz.
Xotini ishdan kelsa, eri oshxonadan chiqib kelayotganmish:
— Onasi senga syurprizim bor! - debdi.
Xotini oshxonaga kirsa ovqatlar tayyor. Dasturxonlar bezatilgan ekan.
— Rahmat adasi. Bugun oilaviy dasturxon bezatib birga ovqatlanar ekanmiz-da, - deb xotini orqasiga o‘girilsa, eri qo‘lida bir shisha aroq bilan sekin ko‘chaga chiqib ketayotganmish.
— Senga 100 ming berishsa, barmoqni kesib tashlay olarmiding?
— Bu kimni barmog‘i ekaniga bog‘liq...!
Ertalabki tig‘iz paytida Gazel mashinasiga 18 ta yo‘lovchini emas, 48 ta yo‘lovchini sig‘dira olgan Abdusattor aka Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.
— Yuragingiz muntazam urayotgani yo‘q. Ichasizmi?
— Ichaman doktor. Lekin muntazam ichaman.