Odamni yoshi o‘tgan sayin xotirasi yomonlashar ekan. Kimni pullari qayerda saqlanishini bilsa ham, unutib qo‘yadi.
Keyin puldan qiynalib yuradi...
Avtobusda bir juvon erkak bilan janjallashmoqda:
— Sen xotinboz, shilqimsan! Birorta ham sochi uzunni o‘tkazib yubormayapsan, - debdi ayol baqirib. Shunda bir qari kampir dermish:
— Kechirasan qizim, sen uni urishyapsanmi yoki reklama qilyapsanmi???
Xitoyliklarda xiyonat degan tushuncha umuman yo‘q ekan.
Agar mabodo adashib, xiyonat qilib qo‘yishsa:
— Kechirasizlar, bilmay qoldim, - deb bosh egib turaverisharkan.
Bir o‘zbekdan so‘rashibdi:
— Nimaga sizlar savolga savol bilan javob qaytarasizlar?
O‘zbek javob qaytaribdi:
— O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz?
Jarrohlik operatsiyasidan keyin hushiga kelgan bemorga vrach dedi:
— Operatsiyadan oldin o‘zingizni juda yomon tutdingiz. Baqirib, tipirchilab, hamma yoqni ostin-ustun qildingiz. Yoningizdagi sherigingiz sizdan ham battarroq to‘palon qildi...!
Bemor vrachga:
— Albatta-da! Axir biz derazalarni yuvish firmasidan kelgan edik-da...
Ona o‘g‘lidan so‘radi:
— O‘g‘lim qarachi dadang kelyaptimi?
— Ha, kelyaptilar.
— Dadang yo‘lni qaysi chetida kelyaptilar?
— Ikkala chetida ham onajon!
— ... yana ichibdi...!
— Adasi, kecha soat beshdan keyin ovqat yeb, parhezimni buzdim. Iltimos, menga tanbeh bersangiz, boshqa bunday ish qilmay!
— Menga desa, uyatdan yerga kirib ketmaysanmi xotin?!
— Do‘stim, sigirlar o‘tlaydigan o‘tloqni bilasanmi?
— Ha, yam-yashil, keng dala!
— Qo‘ylar yashaydigan qo‘rani-chi, bilasanmi?
— Ha, atrofi taxta bilan o‘ralgan...
— Italiyani xaritadagi ko‘rinishi qandayligini bilasanmi?
— Yo‘q. Nimaga mendan bularni so‘rayapsan?
— Shunchaki, geografiyadan ko‘ra, sigir, qo‘ylarni yaxshiroq tushunishingni isbotlab bermoqchi edim.
Qari kampir qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilyapti:
— Allo, hovlimdagi daraxtda katta ayiq o‘tiribdi. Yordam bering!
Qutqaruv xizmatidan bir erkak kuchukcha yetaklab kelibdi.
— Xolajon, manavi miltiqni ushlang. Men daraxtga chiqib, silkitaman, ayiq yiqilsa, unga qarata o‘q uzasiz, - debdi qutqaruvchi.
Kampir:
— Kuchukchani nimaga olib keldingiz unda?
Erkak:
— Agar ayiqni o‘rniga o‘zim yiqilsam, kuchukchaga qaratib oting!!!