Afandi Samarqandda o‘tgan azizlarni yaxshi biladigan mullaning hujrasiga mehmon bo‘lgan edi, mezbon kechgacha azizlarni gapirib, mehmonga dasturxon ham yozmadi. Qorni nihoyatda ochgan Afandi mullaga luqma tashladi:
— Taqsir, o‘sha azizlar ovqat yeyisharmidi?