Er xotinini poyezdga joylab kuzatyapti. Xotin yurayotgan poyezd oynasidan hayrlashyapti.
Shunda er:
— Xotin u yoqda har kimgayam ishonaverma, hozir yomon odamlar ko‘p.
— Nima? Eshitmayapman gapingizni...
— Ehtiyot bo‘l, o‘zingga mahkam bo‘l. Kechasi ko‘chaga chiqmagin...
— Nima? Baribiram eshitmayapman...
— Eee...Bilganingni qil..
— Haa, ...tushundiiimm...