Ayollar "LOGIKA"si:

Er uyga kech qaytsa: "Kaysi jononingizning oldidan kelyapsiz?"
Er uyga erta qaytsa: "Odamlarning eri kechayu kunduz tinim bilmaydi, bu kishim esa..."
Er ish bilan juda band bo‘lsa: "Ijarachidan farqingiz qolmadi!"
Er kam pul topsa: "Bu pulga mushuk oftobga chiqmaydi-ku!"
Er ko‘p pul topsa: "Bosar-tusaringizni bilmay qolib, a!"
Er kam ishlab, ko‘p pul topsa: "Nima, qaroqchiga erga tekkanmanmi?"
Er ko‘p ishlab, kam pul topsa: "Shunchalik ham ahmok bo‘ladimi odam?"
Er uy ishlariga yordamlashmasa: "Men bu uyda cho‘rimanmi?"
Er uy ishlariga yordamlashsa: "Tinchgina televizoringizni tomosha kiling, ishimga aralashmay".
Er gul sovg‘a qilishini bilmasa: "Madaniyatsiz, o‘qimagan!"
Er gul sovg‘a qilsa: "Shuning puliga bir kilo go‘sht olsangiz, bir hafta yerdik".
Er shirin gaplar bilan erkalamasa: "Dugonalarim aytgandi-ya, hammasi to‘ygacha deb..."
Er shirin so‘zlar bilan erkalasa: "Tinchlikmi, bunaqa gaplarni kimdan o‘rgandingiz?"
Ayollar, shunaqa tushunib yetib bo‘lmaydigan bir mo‘jiza...