Ikkita bezori yarim tunda avtobus saroyiga o‘g‘rilikka tushishni rejalashtiribdi.
Manzilga yetib kelgach, biri debdi:
— Men ichkariga kirib avtobusni haydab chiqaman. Sen shu yerda qorovulni chalg‘itib tur!
— Xo‘p, - debdi sherigi.
Ichkariga kirib ketgan o‘g‘ri yarim soat o‘tsa ham chiqmasmish, bir soat o‘tsa ham chiqmasmish.
Oxiri tashqarida turgani sekin ichkariga kirib qarasa, sherigi avtobuslarni orasida anqayib yurganmish.
— Nima qilyapsan? Nega haligacha avtobusni haydab chiqmayapsan? – desa, sherigi:
— 17-avtobusni topa olmayapman. Bu yerda turganlari bizni uyimizga bormaydi-ku!? - dermish.