Yangi ochilgan shifoxonada e’lon yozib qo‘yilibdi:
“Biz sizning dardingizga shifo topsak, sizdan 50 ming so‘m bo‘ladi. Agar topa olmasak, bizning shifokorlarimiz sizga 100 ming so‘m pul berishadi. Kafolatlangan!”.
E’lonni o‘qigan yigit shifokorlarni laqillatish maqsadida kirib debdi:
— Doktor, meni ta’m bilish qobiliyatim yo‘qoldi.
— Mana bu damlamani ichib ko‘ring bemor.
— Iye, nimalar qilyapsiz?! Axir bu benzin ekan-ku!
— Ana, ta’m bilishingiz o‘zingizga qaytdi. 50 ming to‘lab keting.
Ertasi kuni “bemor” yigit yana kelib, “Bugun doktorni chuv tushiraman” deb:
— Doktor, meni ko‘zlarim ko‘rmayapti.
— Kechirasiz bemor! Bu dardingizni davolay olmasak kerak. Mana sizga 100 ming so‘m, shifoxona hisobidan.
— Shoshmang! Bu yerda 50 ming so‘m-ku!
— Tabriklayman! Ko‘rish qobiliyatingiz qaytdi! Pulni qaytarib bering-da, kassamizga 50 ming to‘lab ketishni unutmang!