Ishdan g‘amgin qaytgan eridan xotini so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi?
— Bilasanmi, bugun qanaqa kun? – debdi eri.
— Yo‘q, - hayron bo‘lib javob beribdi xotin.
— Bundan 20 yil avval, maktabda o‘qib yurgan paytlarimiz... Ikkalamiz otangni qimmatbaho mashinasini haydab ketib, urib olganmiz. Pachoq bo‘lgan mashinasini ko‘rgan otang “yoki mashinamni pulini har oyda falon so‘mdan to‘lab borasan yoki shu qizimga uylanasan” degandilar... – debdi eri.
Xotini yana tushunmay:
— Ho‘sh, nima bo‘pti. Nega shu voqeani bugun eslayapsiz? – desa, eri afsus bilan:
— Agar o‘shanda otangni birinchi shartiga rozi bo‘lganimda, bugun mashinani puli to‘lab qutulgan bo‘lardim! – dermish.