Bir yigit mashina haydab ketayotsa, YPH xodimi to‘xtatib debdi:
— Hurmatli haydovchi, hujjatlaringizni taqdim etsangiz.
Haydovchi yigit:
— Meni kimligimni bilasizmi? – debdi mashinada o‘tirgan holda kerilib.
YPH xodimi:
— Yo‘q, bilmayman. Hujjatlaringizni taqdim etsangiz... – debdi yana.
— Qo‘chqorov degan odamni taniysizmi?! – debdi haydovchi.
— Ha, taniyman, - debdi YPH xodimi.
Haydovchi:
— Men o‘shani o‘g‘li bo‘laman, - desa, YPH xodimi:
— Iye, Qo‘chqorov menman-ku! Bu yoqqa tushchi o‘g‘lim. Nega seni avval hech ko‘rmaganman?! – dermish.