Bir xo‘jayinning haydovchisi ziyofatlarga borsa, mast bo‘lib qolarkan. Ziyofatdan qaytishda mashinani xo‘jayinni o‘zi haydab ketar ekan.
Bir kuni haydovchi xo‘jayiniga maslahatli ishi bor ekanini aytibdi.
Xo‘jayin:
— Nima gap, - deb so‘rasa:
— Xo‘jayin, ikkovimizga bitta shofyor olsak, qanday bo‘larkin?!, - dermish.