Samolyotda nosozlik chiqib, qulay boshlabdi. Uchuvchi yo‘lovchilarga:
— To‘rtta odam hoziroq samolyotni tark etishi kerak. Aks holda hammamiz yerga qulaymiz, - deb e’lon qilibdi.
Yo‘lovchilar orasidan fransuz chiqib:
— Menga vino beringlar, - deb vinoni ichibdi-da, — Yashasin Fransiya!, - deb samolyotdan sakrab qolibdi.
Undan keyin amerikalik chiqibdi:
— Menga viski beringlar, - deb qadahni ko‘taribdi-yu, — Yashasin Amerika!, - deb u ham sakrab yuboribdi.
Uchinchi bo‘lib rus chiqibdi:
— Bir shisha aroq beringlar, - debdi. Aroqni ichib, yana bir shisha so‘rabdi. Uchinchi shishani ham ichib bo‘lib:
— Yashasin Afrika!, - deb samolyotdan ikkita negrni otib yuboribdi.