Afandi «parrandalarning tilini bilaman» deb maqtanib yurar edi. podsho buni eshitib uni ovga olib chiqdi.
Yo‘lda ketishayotgan edi, podsho vayronada sayrab turgan bir boyqushni ko‘rib Afandidan so‘radi:
— Boyqush nima deb sayrayapti?
— Boyqush aytdiki,— dedi Afandi,— Agar podshoning zulmi shu xilda keta bersa tez kunda shahar ham mening makonimga aylanadi.