1 odam kurortga dam olishga boribdi. Bir kuni plyajda zagar olib yotsa yoniga bir chiroyli, qomati kelishgan ayol kelib zagar olishga yotibdi. Ayolni yoniga bir odam kelib:
— 300$ beraman men bilan dam oling, dyebdi.
— Ayol yo‘q, deb javob beribdi.
Bir ozdan keyin qaytib kelib 500$ beraman debdi. Ayol yana yo‘q deb javob beribdi.
Yana vaqt o‘tgandan keyin kelib 1000$ beraman rozimisiz, deb so‘rabdi.
Ayol yo‘q, hoxlamayman, boshqa kelmang, debdi.
Ayolni yonida zagar olib yotgan odam xayron bo‘lib ayoldan so‘rabdi:
— Nimaga rozi bo‘lmadiz? 1 soatda 1000$ ishlab olardiz, - desa. Ayol:
— Aka siz kim bo‘lib ishlaysiz?
Erkak:
— Traktorist.
Ayol:
— Mana qarang, siz dam olishga keldiz. Hozir sizga traktorda yer haydab bering deyishsa, nima javob berardiz? Erkak:
— Traktorda ishlashdan charchab dam olgani kelganman, ishlagani emas, derdim.
Ayol:
— Men ham charchab dam olgani kelganman, - dermish.