Sher chuqurga yiqilib tushib, undan chiqa olmayapti.
Daraxtda esa, maymun sakrab:
— Ajab bo‘libdi, battar bo‘lgin. E, la’nati mushuk. Endi seni changalingdan tumor, tishlaringdan esa suvenir yasab, po‘stingni esa bo‘yra qilishadi..., - deb masxara qilayotgan ekan, birdan sakrayotgan shoxi sinib, maymun sherni oldiga yiqilib tushibdi:
— Podshoxim, hatto ishonmaysiz ham, sizdan kechirim so‘rash uchun oldingizga tushdim...