Afandi bir xasis oshnasinikiga borgan edi, oshnasi oldiga ikkita issiq non bilan bir piyola asal qo‘ydi. Afandi asalni pichog‘i bilan kesib, nonning orasiga qo‘yib yeya berdi. Xasis oshnasi qarasa, Afandi asalning hammasini yeb qo‘yadigan ko‘rinadi.
— Afandi, asalning hammasini yesalar ham mayli-ku, lekin kuchlilik qilib yurak-bag‘ringizni o‘rtab yuborar deyman,— dedi.
Afandi pichog‘ining uchiga asaldan katta bir bo‘lagini sanchib olar ekan, javob berdi:
— To‘g‘ri aytadilar, lekin bir xolis odam bo‘lsa kimning yuragi o‘rtanayotganini aytib berar edi.