Bir kuni podsho Afandidan so‘rab qoldi:
— Shu odamlarga hayronman-da. Doim bir-birlari bilan janjallashganlari-janjallashgan. Janjal nimadan chiqarkin-a, Afandim?
— Odamlar bir-birlariga behosdan «ahmoq bo‘lma!» deb yuboradilar. Janjal shundan chiqadi.
— Bo‘lmagan gap! Shu arzimagan gapdan ham janjal chiqadimi?!
— Chiqadi.
— Chiqmaydi!
— Ahmoq bo‘lmang! — dedi Afandi jo‘rttaga.
— Jallod!— deb qichqirdi podsho azbaroyi jahli chiqib ketganidan.
— Ana, aytmadimmi, taqsir, bitta «ahmoq bo‘lma»ga janjal tugul, o‘lim chiqdiku! Boring bo‘lmasa, ahmoq bo‘la qoling!