Eri komandirovkaga ketgach, ayol jazmanini uyiga taklif qilibdi. Jazman o‘zi bilan ikkta do‘stini ham olib kelibdi. Ularga maboda eri qaytib kelib qolsa, deraza tagida palatka ochib turishni tayinlabdi.
Oradan ko‘p o‘tmay, ayolning eshigi taqqillab qolibdi. Jazman ayolning erim qaytib keldi deb o‘ylab, shosha-pisha derazadan o‘zini tashlabdi.
Ayol eshikni ochib qarasa, haligi ikkita do‘sti ayolga qarab:
— Palatka ochilmayapti, - dermish.