Xalqning oldiga bir jarchi kelib:
— Hozir nima demoqchiligimni bilasizlarmi?
— Yo‘q bilmaymiz.
Jarchi:
— Bilmaydigan odamlarga gapirishning foydasi yo‘q, - deb ketib qolibdi.
Ertasiga kelib:
— Men nima deyishimni bilasizlarmi —debdi.
Xalq:
—Yo‘q.
Jarchi:
— Bilmaydigan odamlarga gapirishning foydasi yo‘q.
Ertasiga xalq kelishib olibdi. "Yarmimiz bilamiz, yarmimiz bilmaymiz deymiz".
Jarchi yana eski gapini takrorlabdi. Xalq kelishganidek javob beribdi.
Jarchi:
— Unday bo‘lsa, biladiganlaringiz bilmaydiganlarga aytib qo‘ya qolsin, - deb ketvorgan ekan.