Qishloq koʻchasidan qushdek uchib borayotgan “Neksiya” darvoza yonidagi supada oʻtirgan Afandining roʻparasiga borib toʻxtadi. Mashinadan olifta kiyingan bir yigit tushdi-da, Afandiga salom berib, uni bagʻriga bosdi.
— Dada, - dedi yigit uni tanimay turgan Afandiga, - nima, meni tanimayapsizmi?
— Yoʻq, taniyolmay turibman, - dedi Afandi yigitga boshdan-oyoq tikilib.
— Axir men, siz bundan 10 yil oldin shaharga nos olib kelish uchun yuborgan oʻgʻlingizman! Oʻshanda shaharda qolib ketib, ishga kirdim. Uyli-joyli boʻldim, mashina sotib oldim, boyib ketdim! Durust qilibmanmi, dada? – debdi yigit quvonib.
Afandi hecham xursand boʻlmay:
— Xoʻsh, nos qani? – dermish.