Ayollar haqida latifalar
— Shkafimizni qarang! 10 yillik eski matox! Yangisini olaylik!
— Xo‘p, olamiz.
Xotin yana eriga:
— Sovutgich ham eski.
— Yangisiga almashtiramiz.
Xotin davom etib:
— Televizor ham juda eski bo‘lib qolgan! Almashtirish kerak!
Eri:
— Xoy xotin! Sen o‘zingga bir qara! Sen ham nechi yilliksan? Men indamayapman-ku!
— Tanishgan kunimiz yodingizdami?
Er:
— Ha. Men taksiga xushtak chalsam, yonimga sen kelgansan.
— Azizim, 20 yildan beri menga biror martta ham bunaqa zo‘r kofe tayyorlamagansiz...
Er:
— Kofeni joyiga qo‘y! O‘zimga damladim!
— Salatni ichi go‘sht, mayonez va tuxumga to‘la-ku!
— Axir men salat yeyapman-ku!
— Shuning uchun ham bizdan alohida yashagin deyapmiz-da o‘g‘lim!
— Bosadigani uchta bo‘lishi kerak. Senda esa kam ekan. Haydab bo‘lmaydi buni.
— Menda avtomat.
— Qo‘rqitmoqchimisan?!
— Shunchalik sevsang, uyingni meni nomimga yozdirib ber!
Qo‘qonda ishlab chiqarilayotgan ayollar kiyimini bir odam juda katta miqdorda sotib olarkan.
Bir tikuvchi qiziqib undan so‘rabdi:
— Xotiningiz kiyadimi hammasini yoki opa-singillaringizga ham sovg‘a qilasizmi?
— Yo‘g‘-ye! Xotinimni telegramda "Turetskiy" kiyimlar sotadigan gruppasi bor.
— Voy dugonajon, 40 yillik mashinani haydab kelsa bo‘ladimi.
— O‘zi nechi yoshda ekan?
— O‘sha mashinasini salondan 18 yoshida sotib olgan ekan.
— Nima pishirayotganding? - debdi xotiniga.
— Osh boshlab qo‘ydim, - debdi.
— Tezroq guruchini damla! Shu oshdan yeb ketay, - desa, xotini:
— Yo‘q, oshni azaga keladiganlarga tayyorlayapman, - degan ekan.