Ayollar haqida latifalar

Juda rashkchi xotin eri o‘ziga kotiba qidirilayotganini bilib qolibdi:
— Yosh va chiroylisini olmang! Iloji boricha xunuk, qari va semiz kotiba tanlang! - desa, eri:
— Bo‘pti! Dushanbadan o‘zing ishga chiqaver, - dermish.
Haydovchilik guvohnomasi olishga imtihon topshirib kelgan xotinidan eri so‘rabdi:
— Xo‘sh, nima bo‘ldi? Topshirdingmi?
— Yo‘q! - debdi xotini.
Eri:
— Qovun tushurdingmi? - desa, xotini:
— Qovun emas, daraxt tushdi. Mo‘rt ekan, mashinam tegib ketgandi, tushib ketsa bo‘ladimi? - debdi.
Eshik taqillabdi. Ayol ochsa, bir yigit turganmish.
— Balkon oynalariga panjara o‘rnatmoqchidim, - debdi yigit.
Ayol:
— Axir bizni uyimizda usta ishlayapti, - desa, yigit:
— O‘sha menman! Balkondan pastga tushib ketdim, - debdi.
Xotin:
— Bugun oqshom bir umr esingizda qolishini xohlayman!
Er:
— Nima, bugun oqshomda oyingni uyiga ketyapsanmi?

Er-xotin ko‘chada aylanib yurishgan ekan, oldidan bezorilar chiqibdi:
— Qimmatli narsalaringni ber! - debdi bezorilar.
Xotin eriga yolvoribdi:
— Iltimos, meni berib yuborman!
Eri:
— Jinnimisan?! Qimmatli deyapti!

Mo‘ynali palto do‘koniga er-xotin xaridorlar kirishsa, yoniga sotuvchi qiz yugurib kelibdi:
— Biror nima qidiryapsizmi? - debdi xushfe’llik bilan.
Xaridor er:
— Kuya kapalagiga yemish qidiryapmiz, - degan ekan.
Onasi ishga ketayotib:
— Sigirlarga qarab o‘tiringlar, - debdi bolalariga.
Ishdan qaytsa, sigirlar och qolgan emish.
— Nega sigirga hashak bermadinglar? - desa, bolalari:
— Unaqa deb aytmadingiz. Qarab o‘tirdik faqat, - deyishibdi.
Bir kishi o‘g‘li 18 yoshga kirguncha aliment to‘labdi.
O‘g‘li 18 ga to‘lgan kuni uni chaqirib:
— Borib onangga ayt! Endi aliment olib bo‘pti mendan. Shu gapni eshitganda onangni yuzini bir ko‘ray! - debdi.
Bola onasiga kelib gapni aytibdi. Onasi:
— Hozir borib adangga ayt. 18 yildan beri aniq o‘zini o‘g‘liga aliment to‘labdimikan? Shu gapni aytganingda adangni yuzini bir ko‘ray! - degan ekan.
Yigit bilan qiz restoranga kirishibdi. Yigit yengilroq salatlardan buyurtma beribdi.
Qiz tez-tez menyuga qarab qo‘yarmish.
Vanihoyat yigit:
— Biror issiqroq narsa buyurtma qilamizmi? - desa, qiz xursand bo‘lib:
— Ha, - debdi.
Shunda yigit ofitsiantni chaqirib:
— Bizga 2 ta qaynoq choy! - degan ekan.
Yigit qiz bilan uchrashuvga chiqibdi:
— Salom ismim Mohira.
— Salom hursandman!
— Mohira ismim.
— Hursandman!
— Meni ismim Mohira. Sizniki-chi?
— Xursand - ismim meni.